Xallieva Gulnoz Iskandarovna
Mazkur loyihaning ob’ekti – qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘lib, uning asosiy maqsadi – o‘zbek va jahon adabiyotshunosligida qiyosiy yondashuv asosida olib borilgan tadqiqotlar, fanni o‘zlashtirishga oid barcha nazariy va amaliy materiallarni jamlagan “Comparative Studies” elektron platformasini yaratishdan iborat. Qiyosiy adabiyotshunoslik ikki va undan ortiq adabiy hodisalarning qiyosiy tahliliga asoslangan fan yo‘nalishidir. Jahon miqyosida madaniy, ijtimoiy va adabiy aloqalar kengayib borayotgan hozirgi davrda ushbu yo‘nalish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur platformadan jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik bilan qiziqadigan keng kitobxonlar ommasi samarali foydalanishi mumkin. Loyiha nafaqat ilm-fan taraqqiyotiga, balki xalqimizda ma’naviyatning yuksalishi, kitobxonlik madaniyatining rivojlanishi, hamda hukumatimiz qarorlarining ijrosiga xizmat qiladi. Loyiha mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 376-sonli hamda 2017 yil 14 avgustdagi VMQ-625-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarga hamohangdir. Respublikamizdagi ko‘plab universitetlarda “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (10.00.06) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengashlar mavjud bo‘lsa-da, hali maxsus elektron platforma mavjud emas. Shu sababli ushbu loyiha katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Platforma quyidagi kontentlardan iborat bo‘ladi: Bosh sahifada globus atrofida joylashgan dunyoning yetakchi komparativistika markazlari haqida giperhavolalar; Peter Szondi Institute (Germaniya), University of Toronto (Kanada), Yale University, Harvard University, Indiana University, Columbia University, University of Washington (AQSh), va Osmangazi Universiteti (Turkiya) kabi markazlar to‘g‘risida ma’lumotlar
elektron platformasi quyidagi kontentlardan iborat: Platformani bosh sahifasida , globus atrofida dunyoning eng mashhur, Gʼarb va Sharq komparativistika markazlari haqida giperhavola berilgan. Unda dunyoga mashhur Peter Szondi Institute of Comparative Literature, Freie Universität Berlin, Leibniz-Zentrum für Literatur-und Kulturforschung (ZfL) kabi kiyosiy adabiyotshunoslik markazlari (Germaniya,Berlin), University of Toronto Centre for Comparative Literature(Kanada,Toronto). Yale University Department of Comparative Literature(АQSh, Yelь universiteti), Eskişehir Osmangazi Üniversitesi Karşılaştırmalı Edebiyat Bölümü (Turkiya, Osmangozi universiteti) Harvard University Department of Comparative Literature (АQSh), Indiana University Comparative Literature Department, Columbia University Department of English and Comparative Literature(АQSh), University of Washington Department of Comparative Literature (Vashington) kabi nufuzli universitetlardagi komparativistika ilmiy markazlari, kafedralari haqida bilib olish mumkin. Bu sohaning jahon miqyosida qanchalik rivojlanganligi haqida tassurot va boy ma'lumot beradi.

Loyihaning birinchi bo'limida aynan loyihaning oʼzigagina tegishli materiallar joy olgan, yaьni, loyihaning maqsad va vazifalar, ishtirokchilari, ular tomonidan yaratilgan maqola va kitoblar, OАV larida loyiha haqidagi , intervьyu, koʼrsatuvlar, videolavhalar mavjud. Bundan tashqari, ushbu bo‘limda yangi tashkil etilgan "komparativistika" jurnali, unga qo‘yiladigan talablar va maqolalarni onlayn yuborish tartibi haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu jurnal yilda 4 marta onlayn nashr qilinadi, “Qiyosiy adabiyot, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik” (10.00.06) ixtisosligi boʼyicha barcha maqolalarni qabul qiladi.

Loyihaning ikkinchi bo'limi “Ilmiy tadqiqotlar” deb nomlanadi. Unda oʼzbek rus, ingliz va boshqa tillardagi izlab topilgan, qiyosiy adabiyotshunoslikka oid dissertatsiyalar, avtoreferatlar, monografiyalar va eng dolzarb maqolalar joylashtiriladi. Аynan shu kontent tadqiqotchilar uchun juda foydali boʼlib, bu orqali izlanuvchilar oʼz sohasi boʼyicha turdosh tadqiqotlarni oʼrganadi, dissertatsiyasida takrorlar boʼlishini oldini oladi va oʼz sohasining yetuk bilimdoni boʼlish uchun bilim va malakasini oshiradi.
Uchinchi “Ilmiy jurnallar” deb nomlangan boʼlimda Qiyosiy adabiyotshunoslik boʻyicha Amerika, Rossiya, Turkiya, Yevropa va boshqa davlatlardagi yetakchi ilmiy jurnallar jamlangan. Ushbu mediamaydon tadqiqotchilar uchun jahon standartlariga mos ilmiy maqolalarni tayyorlash va nashr etish, shuningdek, dunyoning nufuzli universitetlari olimlari, kafedralari va ilmiy markazlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

To'rtinchi bo'limda qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha o‘quv adabiyotlari jamlangan. Respublikada ushbu yo‘nalishda atigi uchta o‘quv qo‘llanma – G. Xallieva, U. Jurakulov va A. Qosimov tomonidan yaratilganini inobatga olsak, aynan ushbu kontent orqali ilmiy-o‘quv adabiyotlar tanqisligi bilan bog‘liq muammolar hal etiladi. Unda nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyo miqyosida yaratilgan rus, ingliz, frantsuz va nemis tillaridagi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanmalarni o‘qib-o‘rganish imkoniyati yaratilgan. Platformada, shuningdek, an’anaviy elektron platformalarga xos bo‘lgan foto va video galereya hamda foydalanuvchilar bilan qayta aloqa bo‘limlari mavjud.
Mazkur platformada vebinarlar tashkil etish imkoniyati keyinchalik ushbu platformani tijoratlashtirish uchun zamin yaratadi. Shuningdek, loyiha yakunlanganidan so‘ng ham platforma doirasida yaratilgan o‘quv adabiyotlarini moliyaviy shartnomalar asosida realizatsiya qilish imkoniyati kengayadi. Shu sababli, platformada "Xizmatlar" deb nomlangan maxsus bo‘lim ham joriy etilgan. Ushbu media maydon orqali (10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik) ixtisosligi bo‘yicha kirish va malaka imtihonlariga tayyorlov kurslarini o‘tkazish, ochiq ma’ruzalar tashkil etish, shuningdek, loyihani bosqichma-bosqich tijoratlashtirish masalalari ham rejalashtirilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi ilmiy va texnologik zaxiralarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, kelajakda katta samaralar berishi kutilmoqda. Chunki loyiha natijasida yangi kadrlar va dasturiy mahsulotlar vujudga keladi, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan intellektual mulklar yaratiladi. “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparативистика” elektron platformasini yaratish bo‘yicha innovatsion loyiha ijrochisi sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti belgilangan. Ushbu universitet tarkibida 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash mavjud. Bundan tashqari, turli tillarda dars o‘ta oladigan malakali mutaxassislarning borligi loyihaning davomiyligini ta’minlab, dunyo miqyosidagi nufuzli markazlar bilan akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yishga keng imkoniyat yaratadi.
Xalliyeva Gulnoz
Bekmurod Xo`jamuratov
Raxmonberganov Xayrullo
Ollanazarov Jamshidbek
Sapayev Ismoil